Barcha yangiliklar
5-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I SAFED MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
Gallery image 252603
Gallery image 252604
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
28 Sen 2026
15:30

5-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I SAFED MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI

 Tashrif davomida kam ta’minlangan oilalar xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla raisi bilan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham o‘rganilib, ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalarni manzilli hal etish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi