Barcha yangiliklar
65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda
Gallery image 252511
Gallery image 252512
Gallery image 252513
Gallery image 252514
Gallery image 252515
Gallery image 252516
Gallery image 252517
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
18 Apr 2026
15:02

65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda

65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda

Namangan shahar hokimi, Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari doirasida Amir Temur ko‘chasidagi asosiy gulxonalarda olib borilayotgan gul ekish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish ishlari davomida hududlarni bezatish, landshaft dizaynini yanada boyitish hamda gullarning rang-barang uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 65 yillik yubiley arafasida yaratilayotgan har bir dekoratsiya va kompozitsiya festival mehmonlarida chuqur va unutilmas taassurot qoldirishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shahar ko‘chalariga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydigan zamonaviy yechimlarni keng joriy etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.