Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 252450
Gallery image 252451
Gallery image 252452
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Sen 2026
14:22

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 45-son DMTTda yaratilgan sharoitlar va tarbiyachilar faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhi deputatlari M.Madarqulov, L.Hakimova va N.Saidovalar tomonidan “Boybuloqi” mahalla hududida joylashgan 45-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiya olishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda tarbiyachilarning ish faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

👧🏻👦🏻 Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, sog‘lom va qulay muhitda tarbiyalanishi, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda tarbiyachilarning o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube