Barcha yangiliklar
Gulbog‘ mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 252380
Gallery image 252381
Gallery image 252382
Gallery image 252383
Gallery image 252384
Gallery image 252385
Gallery image 252386
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
14 Apr 2026
13:43

Gulbog‘ mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Gulbog‘ mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova Gulbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi bilan birgalikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar belgilab olinib, kelgusidagi rejalar shakllantirildi.

“Xalq bilan birga” loyihasi doirasida gaz ta’minoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish, ko‘prikni ta’mirlash, jamoat transporti qatnovini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun piyodalar yo‘laklarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ayrim muammolar mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joyida hal etildi.

Shuningdek, mutasaddilar va faollar bilan birgalikda xonadonlarga kirib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.