Barcha yangiliklar
Do‘stlik ko‘chasida asfaltlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 252353
Gallery image 252354
Gallery image 252355
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Sen 2026
12:24

Do‘stlik ko‘chasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

 Do‘stlik ko‘chasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan tumandagi Do‘stlik ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida yo‘lning amaldagi holati, asfaltlash ishlarining borishi hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur masala yuzasidan deputat qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida deputatlik nazoratini amalga oshirdi.

Sifatli yo‘l — aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun muhim sharoit.