Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga - 35 yil!
Gallery image 252322
Gallery image 252323
Gallery image 252324
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Sen 2026
12:18

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga - 35 yil!

 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga - 35 yil!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston XDP Taxiatosh tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda deputat Artikov Davron Omarbayevich  so‘zga chiqib, partiyaning 35 yillik tarixi, bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bugungi kundagi maqsad va vazifalari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.

📌 Tadbir yakunida ishtirokchilar partiyaning 35 yillik faoliyati, dasturiy maqsad va vazifalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.