Barcha yangiliklar
Maktab faoliyati o‘rganildi
Gallery image 252299
Gallery image 252300
Gallery image 252301
Gallery image 252302
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
11 Apr 2026
12:04

Maktab faoliyati o‘rganildi

Maktab faoliyati o‘rganildi

Namangan shahar Kengashi deputati Gaffarova Shoira Shavkatovna tomonidan Kurashxona mahallasidagi 45-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabning moddiy-texnik bazasi va o‘quv jarayoni tahlil qilinib, qator muammolar aniqlandi. Xususan, bino va inshootlar ta’mirtalab holatda ekani, laboratoriya jihozlari va ustaxonalar yetarli emasligi qayd etildi.

Shuningdek, sport zalining mavjud emasligi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda, sport zali qurish uchun yetarli yer maydoni mavjud.

Deputat tomonidan maktab ma’muriyatiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sport zalini barpo etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.