Barcha yangiliklar
Yangi bolalar maydonchalari barpo etilishi bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
Gallery image 252291
Gallery image 252292
Gallery image 252293
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Sen 2026
12:10

Yangi bolalar maydonchalari barpo etilishi bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Yangi bolalar maydonchalari barpo etilishi bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

“Xalqlar do‘stligi” MFY hududida bolalar uchun yangi maydonchalar tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari navbatdagi manzilda davom ettirildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan 1-kichik tuman hududidagi 16-sonli ko‘p qavatli uylar oldida barpo etilayotgan bolalar maydonchasi holati ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi qurilish ishlari bilan tanishilib, maydonchaning barpo etilish jarayoni ko‘rib chiqildi.

📌 Mutasaddilar tomonidan ishlarni belgilangan tartibda davom ettirib, yaqin kunlarda yakunlash va maydonchani foydalanishga topshirish rejalashtirilgani bildirildi.