Barcha yangiliklar
🏫 Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 252131
Gallery image 252132
Gallery image 252133
Gallery image 252134
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
15 Sen 2026
00:00

🏫 Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Xamza mahallasidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar.

🔎 O`rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimi, bino va xonalarning mavsumga shayligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

🌿 Asosiy maqsad — qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash.
Deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

📚 Sifatli ta’lim — avvalo, munosib va qulay sharoitdan boshlanadi!