Barcha yangiliklar
O‘quvchilar salomatligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari
Gallery image 252051
Gallery image 252052
Gallery image 252053
Gallery image 252054
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
28 Sen 2026
10:41

O‘quvchilar salomatligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari

O‘quvchilar salomatligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F.G‘oziyeva hamda oilaviy poliklinika hamshirasi bilan birgalikda o‘z saylov okrugidagi maktablarda bo‘lib, o‘quvchilarning salomatligi, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tadbir davomida sinf xonalariga kirib, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning kundalik hayotida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-353-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.