Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi
Gallery image 251977
Gallery image 251978
Gallery image 251979
Gallery image 251980
Gallery image 251981
Gallery image 251982
Gallery image 251983
Gallery image 251984
Gallery image 251985
Gallery image 251986
Gallery image 251987
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Sen 2026
10:19

#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi

Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar paxta dalalarida bo‘lib, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, sifatli va uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish jarayonida amaliy ishtirok etdilar.

🌿 Paxta — mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, mo‘l hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Deputatlarning bunday amaliy tadbirlardagi ishtiroki hududlarda mavjud masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi va mehnatkashlar bilan yaqindan muloqot qilish hamda hudud rivojiga daxldor jarayonlarda faol ishtirok etishning amaliy ifodasidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz