Barcha yangiliklar
📍 Fuqarolar murojaati — e’tibor va nazorat markazida
Gallery image 251872
Gallery image 251873
Gallery image 251874
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
08 Sen 2026
00:00

📍 Fuqarolar murojaati — e’tibor va nazorat markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi J.Bo‘rixo‘jayev ishtirokida Bo‘ston mahallasi, Ustozlar ko‘chasida yashovchi fuqaro Davronov Javlon Sodiqovichning murojaati joyiga chiqqan holda, fuqaroning bevosita ishtirokida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud muammoning sabab va yechimlari yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

📌 Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tartibda ish olib borish va muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.