Barcha yangiliklar
📌 ISTIQLOL MAHALLASIDA MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 251791
Gallery image 251792
Gallery image 251793
Gallery image 251794
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
04 Sen 2026
00:00

📌 ISTIQLOL MAHALLASIDA MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun, 3-sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va bandlikni ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📍 Mazkur yig‘ilish topshiriqlari ijrosi doirasida Istiqlol mahallasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot, korxona, muassasa va nodavlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi natijalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

🤝 Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.