Barcha yangiliklar
"Mahalla yettiligi" faoliyati deputat nazoratida.
Gallery image 30330
Gallery image 30331
Gallery image 30332
Gallery image 30333
Gallery image 30334
Gallery image 30335
Gallery image 30336
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
26 Fev 2025
10:01

"Mahalla yettiligi" faoliyati deputat nazoratida.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoya reyestriga kiritish holati, yoshlarni siyosiy faolligini oshirish, ommaviy sportga jalb qilish, “yashil makon” umummilliy loyihasi asosida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga ko‘maklashish, tomarqa yerlaridan samarali foydalanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan sayyor qabul o‘tkazib, qabulda aholi tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz yetkazib berish ta’minotini tartibga solish, hududda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid ko‘tarilgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputat so‘rovlari chiqarilishini bildirdi.

Deputat hududdagi tashrifi davomida 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, tuman kasbiy ko‘nikmalar markaziga karashli tikuvchilik syexi hamda “Buxorosuvta’minoti” AJ Romish suv inshooti faoliyati bilan tanishdi.