Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
Gallery image 30313
Gallery image 30314
Gallery image 30315
Gallery image 30316
Gallery image 30317
Gallery image 30318
Gallery image 30319
Gallery image 30320
Gallery image 30321
Gallery image 30322
Gallery image 30323
Gallery image 30324
Gallery image 30325
Gallery image 30326
TURDIMUHAMMATOV MA’MURJON MA’RUFJON O‘G‘LI
27 Fev 2025
11:44

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..

Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-son Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilinmoqda.  

       O‘zaro tiyib turish mexanizmini ishga tushirish uchun Kengash hokimiyatdan ajratilib, bu yildan viloyat Kengashiga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilmoqda.

        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 6-F-sonli Farmoyishiga ko‘ra mahalliy Kengashlar binolariga va ularni moddiy-texnika jihatdan jihozlashga doir minimal talablar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

         Shu munosabat bilan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi yangi binoga joylashtirildi. Saylovchilar uchun juda qulay joylashgan zamonaviy binoda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi hamda kengash kotibiyati mudiri, bosh mutaxassislar uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, doimiy komissiya faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.