Barcha yangiliklar
11-son DMTTdagi rekonstruksiya ishlari – deputatlar e’tiborida
Gallery image 251454
Gallery image 251455
Gallery image 251456
Gallery image 251457
Gallery image 251458
Gallery image 251459
Gallery image 251460
Gallery image 251461
Gallery image 251462
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
24 Sen 2026
00:00

11-son DMTTdagi rekonstruksiya ishlari – deputatlar e’tiborida

#deputat_faoliyati

🔰11-son DMTTdagi rekonstruksiya ishlari – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Navgadi” mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasidagi ishlar o‘rganildi.
♻️O‘rganishlar davomida mahalladagi 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, obyektning belgilangan talablar asosida rekonstruksiya qilinishi hamda yaratilayotgan sharoitlarning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Mas’ullar bilan muloqot davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
♻️Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviylashtirish, bolalar uchun munosib sharoit yaratish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bunday loyihalar hudud rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt