Barcha yangiliklar
Taraqqiyot mahallasidagi “Sokinlik” qabristoni holati o‘rganildi
Gallery image 251347
Gallery image 251348
Gallery image 251349
Gallery image 251350
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
21 Sen 2026
10:24

Taraqqiyot mahallasidagi “Sokinlik” qabristoni holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Zokir Mullajonov tomonidan Taraqqiyot mahallasi Oltinsoy qishlog‘ida joylashgan “Sokinlik” mahalliy qabristoni holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida qabriston hududining saqlanish holati, tozaligi, obodonlashtirilishi, ichki yo‘laklari, chiqindilarni olib chiqish, hududni tartibli saqlash hamda dafn etish joylaridan belgilangan tartibda foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qabriston hududini ozoda va tartibli saqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.