Barcha yangiliklar
"Bog‘aro" mahallasida ehtiyojmand oilalar holati "xonadonbay" o‘rganildi!
Gallery image 251216
Gallery image 251217
Gallery image 251218
Gallery image 251219
Gallery image 251220
Gallery image 251221
Gallery image 251222
Gallery image 251223
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
14 Sen 2026
10:38

"Bog‘aro" mahallasida ehtiyojmand oilalar holati "xonadonbay" o‘rganildi!

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida har bir ehtiyojmand oila bilan "xonadonbay" va manzilli ishlash, fuqarolarning daromadini oshirish, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini amalda ta’minlash maqsadida, tuman kotibiyati bosh mutaxassisi S.Amanov tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-“Yangi shahar” saylov okrugidan deputat D.Qo‘ziyevaning  okrugi hududidagi “Bog‘aro” mahallasida, mahalla yettiligi bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashdi.

Mas’ullar mahalladagi kambag‘al va ehtiyojmand oilalar xonadonlariga bevosita kirib borib, ularning ijtimoiy sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Muloqotlar davomida:

• Bandlikni ta’minlash: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan oila a’zolarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish;

• Tadbirkorlik va daromad: O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan shahar va mahalla mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi.