Barcha yangiliklar
🔰Ogohlik – davr talabi.
Gallery image 251181
Gallery image 251182
Gallery image 251183
Gallery image 251184
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
26 Sen 2026
09:46

🔰Ogohlik – davr talabi.

📌Jizzax shahridagi “Olmazor” MFY hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida davra suhbati tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva, masʼul tashkilot vakillari hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etishdi.

🔸Uchrashuv davomida qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

🔸Deputat va soha mutaxassislari bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlar, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanib qolmaslik choralari haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berishdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan batafsil javoblar olishdi.