Barcha yangiliklar
🔥 80-maktab qozonxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
Gallery image 251173
Gallery image 251174
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
26 Sen 2026
09:03

🔥 80-maktab qozonxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi Kotibiyati mudiri B.Botirov hamda 13-Ilonli saylov okrugidan saylangan deputat S.Shakarov tomonidan Garasha mahallasida joylashgan 80-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, qozonxona holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qozonxonaning texnik holati, mavjud isitish uskunalari hamda mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
🏫 Shuningdek, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.