Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 251141
Gallery image 251142
Gallery image 251143
Gallery image 251144
Gallery image 251145
Gallery image 251146
Gallery image 251147
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
26 Sen 2026
08:43

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori asosida Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi hududida barpo etilayotgan 1-tip Oilaviy poliklinika qurilish ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bugungi kunda poliklinika binosining tayanch qismlari qurilib, birinchi qavatida g‘isht terish ishlari boshlanganligi aniqlandi. Mazkur zamonaviy tibbiyot muassasasi 150 o‘rinli bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha talablari asosida olib borilishi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Poliklinikani joriy yilning 5-dekabr kuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.