Barcha yangiliklar
436-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI SIFATI O‘RGANILDI
Gallery image 251077
Gallery image 251078
Gallery image 251079
Gallery image 251080
Gallery image 251081
Gallery image 251082
Gallery image 251083
Gallery image 251084
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
25 Sen 2026
19:32

436-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI SIFATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Kotibiyat_hududlarda #ekspert_guruhlari

436-DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI SIFATI O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-son qarori bilan Uchtepa tumani bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil birinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.

↗️ Mazkur qarorga muvofiq, Guzar mahallasidagi 436-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 1 mlrd. 620 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

🕯 Loyiha doirasida tashkilotning barcha hojatxonalarini, kanalizatsiya tizimi va yerto‘la quvurlarini ta’mirlash, shuningdek, 8 ta guruh xonasi hamda ta’mirtalab xonalarni ta’mirlash ishlari belgilangan.

💼 Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📈 O‘rganish davomida pudratchi tashkilot tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, belgilangan ishlarning sifati, bajarilish holati hamda loyiha talablariga muvofiqligi nazoratdan o‘tkazildi.

📈 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, loyiha doirasidagi ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.