Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 30154
Gallery image 30155
Gallery image 30156
Gallery image 30157
Gallery image 30158
Gallery image 30159
Gallery image 30160
Gallery image 30161
Gallery image 30162
NOROV JAMSHID ERKINOVICH
25 Fev 2025
15:59

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Jondor tumani hokimligining “Faollar zali”da Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-sonli Farmoniga muvofiq tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati, Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya tarkibini tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun Jondor tumani mahalliy budjetida 2025-yil boshida shakllangan erkin qoldiq hisobidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorlari hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.