Barcha yangiliklar
YOSHLAR — YURT KELAJAGI!
Gallery image 250898
Gallery image 250899
Gallery image 250900
Gallery image 250901
Gallery image 250902
Gallery image 250903
Gallery image 250904
Gallery image 250905
Gallery image 250906
Gallery image 250907
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
25 Sen 2026
18:29

YOSHLAR — YURT KELAJAGI!

Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Sobir Xo‘jametov boshchiligidagi Jo‘qorg‘i Kenges deputati Xo‘jamuratova Sanobar, tuman rahbarlari 40-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida maktabda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilarning bilim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, maktab jamoasining ta’lim sohasidagi yutuqlari, fidoyi o‘qituvchilarning samarali mehnati hamda bilimga chanqoq o‘quvchilarning fan, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarda erishayotgan natijalari haqida fikr almashildi.

Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar bilan samimiy muloqot, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishning muhim omilidir.