Barcha yangiliklar
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratlari davom etmoqda
Gallery image 30121
Gallery image 30122
Gallery image 30123
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
26 Fev 2025
13:12

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratlari davom etmoqda

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratlari davom etmoqda

Yashil hududlarni ko‘paytirish va atrof-muhitni obodonlashtirish maqsadida ilgari surilgan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida Uchquduq tumanidagi Alisher Navoiy MFY hududida navbatdagi ekobog‘ barpo etilmoqda. Ushbu jarayonni o‘rganish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi hamda partiyamizdan saylangan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati L.Karimova ishtirokida bog‘ hududida o’rganish ishlari o’tkazildi.

Mazkur yashil maydon Uchquduq davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tashkil etilib, 0,15 sotix yer maydonida 120 tup qayrag‘och ko‘chatlari ekilgan, shuningdek, yo‘laklarning ikki cheti betonlashtirilgan, chiqindi urnalari o‘rnatilgan hamda ekilgan daraxtlarning samarali parvarishi uchun suv ta’minoti tashkil etilganligi aniqlandi.