Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 30112
Gallery image 30113
Gallery image 30114
Gallery image 30115
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
26 Fev 2025
11:21

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Rajabov Botir Jo'rayevichning Bandixon tumani “Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari eshitildi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berildi. Uchrashuv so‘nggida saylovchilar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar deputat tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi.