Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 250757
Gallery image 250758
Gallery image 250759
Gallery image 250760
Gallery image 250761
Gallery image 250762
Gallery image 250763
Gallery image 250764
Gallery image 250765
Gallery image 250766
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
25 Sen 2026
17:25

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi" Obikor mahallasida ko‘lamli infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda

✅Bandixon tumanida aholi punktlarining me’moriy va kommunal infratuzilmasini tubdan yaxshilash, qulay va xavfsiz yashash muhitini barpo etish borasida davlat dasturlari asosida keng qamrovli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 20-“Obikor” saylov okrugi deputati X.Salomov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" sifatida tanlab olingan "Obikor" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

✅Monitoring davomida mahallaning 8 ta ko‘chasida 210 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilgani, 3 dona transformator va 7 km yopiq kabel tortilgani qayd etildi. Shuningdek, 2,8 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 1,1 km ichki yo‘llar asfaltlandi. Hozirda mahalla guzarining yangi binosi qurilishi davom etmoqda.

✅O‘rganish yakunida barcha qurilish-montaj ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.