Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 250726
Gallery image 250727
Gallery image 250728
Gallery image 250729
Gallery image 250730
Gallery image 250731
Gallery image 250732
Gallery image 250733
Gallery image 250734
Gallery image 250735
Gallery image 250736
Gallery image 250737
Gallery image 250738
PIRMATOV NURILLO RAXIMJONOVICH
25 Sen 2026
17:05

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

➡️ Sessiya kun tartibida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 11 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, to‘qimachilik va mashinasozlik yo‘nalishlarida to‘liq zanjirli ishlab chiqarishni kengaytirish, tashqi reklama va axborot obyektlarini o‘rnatish chizmalari loyihalarini ma’qullash hamda So‘x GES qurilishi va Davlat chegarasi ichki qismida muhandislik inshootlarini barpo etish uchun yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga olib qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, “O‘zbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya loyihasi” konsepsiyasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va qurilmalarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ustuvor vazifalar, qishloq xo‘jaligi yerlariga nobudgarchilik kompensatsiya mablag‘laridan maqsadli foydalanish, Farg‘ona shahridagi “Baqay” sanoat zonasi chegaralarini o‘zgartirish hamda viloyat prokuraturasi taqdimnomasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

✔️ Sessiyada bildirilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.