Barcha yangiliklar
👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 250602
Gallery image 250603
Gallery image 250604
Gallery image 250605
Gallery image 250606
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
25 Sen 2026
15:25

👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

👮‍♂️ Novqa MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova hamda Ichki ishlar bo‘limi (IIB) mas’ullari hamkorligida "Novqa" mahalla fuqarolar yig‘inida hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Deputat mahalla "yettiligi" va IIB xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi har bir muammoning qonuniy yechimiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida aholi osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.