Barcha yangiliklar
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
Gallery image 250373
Gallery image 250374
Gallery image 250375
Gallery image 250376
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
24 Sen 2026
09:39

BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. “Minor”, “Matonat” va “Qashqar” mahallalari hududidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida zamonaviy sayilgoh qurilishi hamda “Shayxontohur” podstansiyasidagi rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

🌳Sayilgohda piyodalar va velosiped yo‘laklari, yoritish, sug‘orish tizimlari va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

⚡️Podstansiyada 10 kV binosi qurilishi yakunlanib, sinov-sozlash ishlari boshlangan. 35 kV seksiyalar montaji va kabel ulash ishlari davom etmoqda.

⚖️O‘zbekiston Respublikasining «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Shaharsozlik kodeksi doirasida energiya infratuzilmasini rivojlantirish va qurilish ishlarini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

✅Deputat obyektlarda ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!