Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 250273
Gallery image 250274
Gallery image 250275
Gallery image 250276
Gallery image 250277
Gallery image 250278
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
25 Sen 2026
09:02

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

⚽️ Futbol maydonchasi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Islomova tomonidan Ahillik mahallasi hududida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun futbol maydonchasi barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayni paytda futbol maydonchasining poydevorini qurish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. Qurilish jarayonida bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, qurilish sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, futbol maydonchasini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur kabi ishlarning amalga oshirilishi maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.