Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 250227
Gallery image 250228
Gallery image 250229
Gallery image 250230
Gallery image 250231
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
25 Sen 2026
08:58

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi


🔎 SESSIYA OLDI O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI

❇️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Qorayeva va Kengash  kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida asosiy e’tibor erishilgan yutular bilan bir qatorda kamchiliklarga ham qaratildi. Xususan 16-18-umumta’lim maktablarida sport zal mavjud emas, “Shodlik” MFY Nayman va Sirg‘ali qishloqlarida maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘qligi tegishli dasturlarga taklif kiritish masalalariga qaratildi.