Barcha yangiliklar
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Gallery image 250176
Gallery image 250177
Gallery image 250178
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
25 Sen 2026
08:49

Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Shamsiddinova “Madad” NNT bilan hamkorlikda fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi.
Tahlil davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularga ko‘rsatilgan huquqiy yordam yo‘nalishlari hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari o‘rganildi.
Shuningdek, aholining huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy maslahat xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.