Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 250153
Gallery image 250154
Gallery image 250155
Gallery image 250156
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
25 Sen 2026
08:46

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev va Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tumanda kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, Shodlik mahallasida A-373 xalqaro magistral avtomobil yo‘li chetlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ko‘chat ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududni ko‘chat ekish mavsumiga puxta tayyorlash, yer maydonlarini sifatli tayyorlash hamda ekiladigan ko‘chatlarni kelgusida parvarishlash masalalari tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, hududning obodligi va ko‘rkamligini oshirishga qaratilgan ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.