Barcha yangiliklar
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
Gallery image 250146
Gallery image 250147
Gallery image 250148
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
25 Sen 2026
08:41

INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda 21-saylov okrugi deputati G. Shermatova Do'rmon mahallasida olib borgan o'rganishlarini davom ettirib, daromadi past bo'lgan navbatdagi oila — M. Turayeva xonadonida bo'ldi.

Mazkur xonadon bilan ishlash bo'yicha maxsus individual reja ishlab chiqilgan bo'lib, o'rganish davomida fuqaroning bandligini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

Xususan, fuqaroning yotoqda bo'lgan onasi tegishli tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, M. Turayeva unga rasman parvarishlovchi (qarovchi) etib belgilandi va uning mehnat staji yuritilishi ta'minlandi.

Shuningdek, oilaning doimiy daromadini ko'paytirish maqsadida xonadonga quyosh paneli o'rnatib berish taklifi ilgari surildi. Bu orqali oila muqobil energiya manbaidan qo'shimcha daromad topishi mumkinligi юзасидан batafsil tushuntirishlar berildi.