Barcha yangiliklar
PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI
Gallery image 250102
Gallery image 250103
Gallery image 250104
Gallery image 250105
Gallery image 250106
Gallery image 250107
Gallery image 250108
Gallery image 250109
Gallery image 250110
TO‘LAYEV ELDOR ZAFARITDIN O‘G‘LI
24 Sen 2026
19:07

PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun, Parkent tuman hokimligi majlislar zalida Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidan tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor muhim masalalar o‘rin oldi.
Jumladan, tumanimiz byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish yakunlari ham sessiya ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

➡️Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar, avvalo, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, byudjet mablag‘larining maqsadli va toʻgʻri yo‘naltirilishini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish kabi muhim vazifalarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.