Barcha yangiliklar
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
Gallery image 250020
Gallery image 250021
Gallery image 250022
Gallery image 250023
Gallery image 250024
Gallery image 250025
Gallery image 250026
Gallery image 250027
Gallery image 250028
Gallery image 250029
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
24 Sen 2026
18:24

Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi

Oliy Majlis Senati tomonidan 22-sentabr kuni o‘tkazilgan seminarda belgilangan vazifalar ijrosini hududlarda tizimli tashkil etish doirasida mahallalarda manzilli o‘rganishlar davom etmoqda.

Oʻrganish davomida “O‘rda tagi” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi N.Xujanazarovaning murojaati ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Fuqaro A.A.Sino ko‘chasida istiqomat qilishi hamda uy-joyini ta’mirlashga ehtiyoji mavjudligi yuzasidan murojaat qilgan.

Murojaat bo‘yicha mavjud holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, fuqaroning yashash sharoiti va uy-joyining ta’mirga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari belgilab olindi.

Mazkur murojaatning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.