Barcha yangiliklar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
Gallery image 249986
Gallery image 249987
Gallery image 249988
Gallery image 249989
Gallery image 249990
Gallery image 249991
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
23 Sen 2026
00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "25-Xitoy" saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdulayevlar tomonidan Chuvalanchi" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida YTT Abdunazarov Murodillo tomonidan amalga oshirilayotgan “Mebel ishlab chiqarish” loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Mazkur loyiha bugungi kunda to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

🔹 Loyiha doirasida 3 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish faoliyati, yaratilgan sharoitlar va loyiha samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Yakunida tadbirkorga loyihani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.