Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Gallery image 249931
Gallery image 249932
Gallery image 249933
Gallery image 249934
Gallery image 249935
Gallery image 249936
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
24 Sen 2026
17:42

Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor

Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor

Anhor mahallasida joylashgan 3-sonli texnikumda texnikumlarda ta’lim sifatini oshirish, dual ta’lim shaklini yanada rivojlantirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali kasbiy ta’limni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligida sektor rahbarlari texnikum direktorlari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar bilan tanishdilar.

Taqdimotlarda o‘quvchilarga zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni o‘rgatish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, dual ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda bitiruvchilarni mehnat bozori talablariga mos tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.