Barcha yangiliklar
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Vatan mahallasi hududidagi tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi
Gallery image 249763
Gallery image 249764
Gallery image 249765
Gallery image 249766
Gallery image 249767
Gallery image 249768
Gallery image 249769
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
24 Sen 2026
16:28

Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Vatan mahallasi hududidagi tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Vatan mahallasi hududidagi tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Vatan mahallasida 42- va 46-ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan piyodalar yo‘lagidagi yoritish tizimi nosozligi, shuningdek, 1-ko‘p qavatli uy orqa qismidagi tungi yoritish moslamalarining to‘liq kuyganligi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumannur korxonasi rahbari Kamoliddin Azimov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Vatan mahallasidagi 42- va 46-ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan piyodalar yo‘lagidagi yoritish tizimi, shuningdek, 1-ko‘p qavatli uy orqa qismidagi tungi yoritish moslamalari kuyganligi sababli deputatlik so'roviga asosan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida mazkur hududga tungi yoritish moslamalari to'liq o‘rnatib berilganligi qayd etildi.

💼 Ushbu masala Kengash kotibiyati tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, haqiqatda muammo bartaraf etilgani yuzasidan asosli ma'lumotlar olindi.