Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #deputat_daftar #murojaat_va_ijro
Gallery image 249666
Gallery image 249667
Gallery image 249668
Gallery image 249669
Gallery image 249670
Gallery image 249671
Gallery image 249672
Gallery image 249673
Gallery image 249674
Gallery image 249675
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Sen 2026
15:53

#24_ta_masala #deputat_daftar #murojaat_va_ijro

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Xayrondara” mahallasida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalla hududidagi xonadonlarga borilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari bevosita joyida o‘rganildi.

📋 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni hal etish imkoniyatlari, mas’ul tashkilot va idoralarning vakolatlari belgilab olindi.

📨 Muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazoratga olish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Shuningdek, ochiq va samimiy muloqot davomida mahalla hududidagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi.

📌 Bunday amaliy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni xonadonbay aniqlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — inson manfaatlari, aholi farovonligi va har bir fuqaroning murojaatiga e’tibor qaratilgan amaliy ishlar orqali namoyon bo‘ladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz