Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 249586
Gallery image 249587
Gallery image 249588
Gallery image 249589
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
24 Sen 2026
15:16

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisher Navoiy” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Shukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova, keksa nuroniylar, mahalla faollari, IIV Akademiyasi faxriylari va mahalla yoshlar ishtiroki etdi.

Uchrashuv davomida turli avlod vakillari ishtirokida milliy qadriyatlar, hayotiy tajriba, ustoz-shogird an’analari va yoshlarga berilayotgan e’tibor haqida fikr almashildi.

Yoshlar katta avlod vakillarining hayotiy tajribalaridan ibrat olib, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, ezgulik va shukronalik kabi fazilatlarning mazmun-mohiyati haqida qimmatli saboqlar oldilar.