Barcha yangiliklar



ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
24 Sen 2026
11:49
BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Oltinko‘l mahallasida bo‘lib, bandlik masalalari hamda yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni, ayniqsa, ish bilan ta’minlash va bandligini oshirish masalalari o‘rganildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan doimiy nazorat yo'lga qo'yilgan.