Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi asosida yo‘l harakati tartibga solinmoqda
Gallery image 249476
Gallery image 249477
Gallery image 249478
Gallery image 249479
Gallery image 249480
Gallery image 249481
Gallery image 249482
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
24 Sen 2026
11:32

Deputat so‘rovi asosida yo‘l harakati tartibga solinmoqda

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat so‘rovi asosida yo‘l harakati tartibga solinmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayevning deputatlik so‘rovi asosida Mirobod tumani "Sharof Rashidov" mahallasi hududidagi yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda to‘xtab turgan transport vositalari masalasi o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🔺 Jumladan, Chimkent hamda Buyuk Turon ko‘chalarida, xususan, 398-MTT oldida, Chimkent ko‘chasidagi 1-uy, Buyuk Turon ko‘chasidagi 9-uy oldida yo‘l harakati qoidalarini buzib to‘xtab turgan transport vositalariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

📝 Mazkur chora-tadbirlar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarining tartibsiz to‘xtashiga chek qo‘yish hamda piyodalar va haydovchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

🗣 Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash