Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 249408
Gallery image 249409
Gallery image 249410
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
24 Sen 2026
10:33

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
💊 Dori-darmon ta’minoti: fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov hamda Adolat sotsial-demokratik partiyasi Kengashi raisi Q.Allanazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Nazorat davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-“Kattabog‘” saylov okrugidan saylangan deputati S. Abdulaxatovning saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 86-son oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aholining imtiyozli va bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi, mavjud dori-darmonlarning holati, ularni saqlash sharoitlari hamda fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram