Barcha yangiliklar
MAHALLIY KENGASHLAR DEPUTATLARI UCHUN DOLZARB MASALALARGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI.
Gallery image 249395
Gallery image 249396
Gallery image 249397
Gallery image 249398
Gallery image 249399
Gallery image 249400
Gallery image 249401
Gallery image 249402
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
22 Sen 2026
00:00

MAHALLIY KENGASHLAR DEPUTATLARI UCHUN DOLZARB MASALALARGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI.

Seminar “Mahalliy Kengashlarning raislari va deputatlari uchun barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish masalalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari ishtirok etmoqda.
Seminar viloyat miqyosida videokonferensiya shaklida tashkil etilib, tuman va shaharlardagi ishtirokchilar hududiy studiyalar orqali onlayn tarzda qatnashmoqda.
Tadbir davomida mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.