Barcha yangiliklar





NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
23 Sen 2026
00:00
“AYOLLAR BALANSI” IJROSI VA FAOLIYAT HOLATI O‘RGANILDI
umladan, “Ravot” va “Do‘stlik” mahallalarida mas’ullar ishtirokida “Ayollar balansi”ning yuritilishi va ijrosi yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
O‘rganish davomida “Ayollar balansi” bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumot va anketalarning to‘g‘riligi, to‘liqligi hamda amaldagi holatga muvofiqligi tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lumotlarni sifatli shakllantirish va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — xotin-qizlarning muammo va ehtiyojlarini to‘g‘ri aniqlash, ular bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishdan iborat.