Barcha yangiliklar
YOSHLAR UCHUN SPORT ZALIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 249254
Gallery image 249255
Gallery image 249256
Gallery image 249257
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
23 Sen 2026
09:02

YOSHLAR UCHUN SPORT ZALIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

YOSHLAR UCHUN SPORT ZALIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan Nurafshon MFY hududidagi maktab sport zalida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zalining holati, mavjud sport jihozlari va anjomlarining foydalanishga yaroqliligi, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlar bilan tanishildi.