Barcha yangiliklar
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 249209
Gallery image 249210
Gallery image 249211
Gallery image 249212
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
24 Sen 2026
08:39

Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda viloyat Kengashi deputati G‘. Qodirov Buloqboshi mahallasida joylashgan 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasada olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari holatini o‘rgandi.Tashrif davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarining holati, hududni obodonlashtirish hamda ta’lim jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.Mas’ullar bilan suhbat davomida ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, qurilish me’yorlariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.