Barcha yangiliklar
📍 “Nayman” mahallasida ochiq muloqot
Gallery image 249024
Gallery image 249025
Gallery image 249026
Gallery image 249027
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
04 Sen 2026
00:00

📍 “Nayman” mahallasida ochiq muloqot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev “Nayman” mahallasida mahalla yettiligi va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvning asosiy maqsadi — navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mahalla aholisi bilan fikr almashish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimlari bo‘yicha takliflarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Sessiyada tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari — tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining hisobotlarini eshitish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilangan.

🗣 Uchrashuvda mahallani obodonlashtirish, infratuzilma va kommunal xizmatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.